Total number of votes cast for
Number of votes required to be collected: 10000
Талабаларнинг масофавий дарсларда фойдаланишлари учун интeрнeт тармоғида интернет трафиги сарфланмайдиган махсус платформани яратиш ҳақида
- Sphere:Culture and Sport
- Date:2020-09-23 12:55:03
- Author:KUDRATOV ASLIDDIN FAXRIDDINOVICH

Text of the collective petition
Ҳозирги мураккаб шароитда олий таълим тизими масофавий тарзда амалга оширилмоқда. Лeкин интeрнeт тeзлиги пастлиги ва интернет трафикларининг қимматлиги талабалар, уларнинг ота-оналари ва ўқитувчиларга моддий қийинчиликларни туғдирмоқда. Ўзбекистон Республикаси Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги томонидан талабалар учун интeрнeт тармоғида трафик сарфланмайдиган махсус платформа ташкил этилиши керак. Махсус платформанинг яратилиши талабаларга қулайликларни яратиб, масофавий дарсларда узлуксиз иштирок этиш имкониятини берган бўлар эди.
Implementation of the collective petition / idea
Юқоридагиларни инобатга олган ҳолда, талабаларнинг масофавий дарсларда фойдаланишлари учун интeрнeт тармоғида интернет трафиги сарфланмайдиган махсус платформани яратишни таклиф қиламиз.
Comments (12)
KARIMOV FARRUX KOMOL O‘G‘LI
Dastur yaratishdan avval saytlardagi serverlarni yaxshilash kerak. Birdaniga 1000 ta yoki 2000 ta odam kirsa qotib qolmaslik, uzluksiz va barqaror serverlar yaratish kerak deb o'ylayman
21 November 2021, 16:26
KARIMOV SARDORBEK MURODJON O‘G‘LI
Nima uchun ovoz berish tugmasini bossam, ёк,лаб овоз бериш dep chiqyapti. Ovoz berip bòlmayapti ?????
26 January 2021, 22:29
Not set
Bu fikrga qo'shilaman . Modme.uz kabi platformalarni yaratish maqsadga muvofiq.
24 December 2020, 20:26
QULMAMATOV IKROM ILHOM O‘G‘LI
Assalamu alaykum! Bu tizimni yulga quyishsa juda maqul ish bulardi. Hozirgi zamon talabi hamdir faqat tizimni yulga quyishda birinchi urinda talabalarning yaxshi bilim olishi chin dildan harakat qilib mana shunday imkoniyatlardan oqilona foydalanishi uchun talablarni quyishsa maqul bulardi.
7 November 2020, 23:00
BOTIROVA XURSHIDAXON SHAMSIDIN QIZI
Juda yaxshi taklif deb o'ylayman chunki online ta'lim olishda ko'pchilikni qiynayotgan va ba'zi talabalar uchun esa bahona bo'layotgan muammo edi. Ta'lim saytlarining bepul bo'lishi ta'lim olish sifatga ham tasir qiladi, chunki megabayt ketyapti tezroq topshirib chiqsam kamroq xarajat qilaman degan o'y-fikrlar bo'lmaydi.
Shuningdek online ta'limni yanada kuchaytirishimiz va pandemiyadan so'ng ham ma'lum miqdorda qolsa yaxshi bo'lardi. Xorij tajribalaridan o'rganib bizga ham yangi andozlarni ta'limga olib kirish va yoshlar orasida IT bilim va savodxonligini oshirish zarur deb hisoblayman.
7 November 2020, 09:01
Leave a comment
To leave a comment you need to log in through id.egov.uz
Show more