Created with Highcharts 5.0.4

Total number of votes cast for


Mehnat munosabatlariga "platforma ishchilari" tushunchasini kiritish.
  • Sphere:Legislation
  • Date:2024-11-11 10:26:30
  • Author:BURIYEV OTABEK ALISHER O‘G‘LI
Text of the collective petition
Bugungi kunda gig iqtisodiyotga asoslangan faoliyat turlari butun dunyoda rivojlanib bormoqda. O`zbekistonda ham butun dunyodagi singari pandemiyadan keyin ayniqsa rivojlandi. Gig iqtisodiyotga asoslangan faoliyat turlari freelancerlar, yani bir martalik va vaqtincha xizmat ko`rsatish uchun tuzilgan shartnoma asosida faoliyat yurituvchi shaxslar tushuniladi. O`zbekistonda eng himoyaga muhtoj gig iqtisodiyot ishchilari yandex, uzum, wolt kabi platformalar orqali, oziq ovqat yetkazib berish bilan shug`ullanayotgan shaxslardir. So`ngi vaqtlarda ular bilan bog`liq baxtsiz hodisalar ko`payib bormoqda. Bunday vaziyatlarda ularning huquqlari qanday himoya qilinishi, ish vaqtidagi jarohatlar, kompentatsiya to`lovlari masalasida qonunchilikda bo`shliq mavjud. Ushbu bo`shliqni yangi "platforma ishchilari" tushunchasini kiritish orqali hal qilish mumkin. bunda qo`shni Qozog`iston qolaversa, Yevropa davlatlari, hamda Yaponiya tajribasidan foydalanish mumkin.
Implementation of the collective petition / idea
Ushbu g`oyani amalga oshirishda quyidagicha yondashish mumkin. Birinchi yondashuv Mehnat qonunchiligidagi "hodim" tushunchasining qamrovini kengaytirish. Ikkinchi yondashuv aynan platforma ishchilarining faoliyatlariga tegishli yangi qonunchilik hujjatlarini ishlab chiqish
1808
Comments (1)
QO‘ZIBOYEV IZZATBEK FURQAT O‘G‘LI
Zo'r taklif lekin negadir hech qaysi loyihaga ovoz berib bo'lmayapti nimaga ovoz berish cheklangan
21 June 2026, 12:52

Leave a comment

To leave a comment you need to log in through id.egov.uz
×
Site map