Барча ёқлаб берилган овозлар сони
22
Тўпланиши лозим бўлган овозлар сони: 10000
Жамоавий мурожаатга овоз бериш учун: 86 кун қолди
-
Овоз бериш
Mehnat munosabatlariga "platforma ishchilari" tushunchasini kiritish.
- Йўналиш:Қонунчилик
- Сана:2024-11-11 10:26:30
- Муаллиф:BURIYEV OTABEK ALISHER O‘G‘LI
Жамоавий мурожаат матни
Bugungi kunda gig iqtisodiyotga asoslangan faoliyat turlari butun dunyoda rivojlanib bormoqda. O`zbekistonda ham butun dunyodagi singari pandemiyadan keyin ayniqsa rivojlandi. Gig iqtisodiyotga asoslangan faoliyat turlari freelancerlar, yani bir martalik va vaqtincha xizmat ko`rsatish uchun tuzilgan shartnoma asosida faoliyat yurituvchi shaxslar tushuniladi. O`zbekistonda eng himoyaga muhtoj gig iqtisodiyot ishchilari yandex, uzum, wolt kabi platformalar orqali, oziq ovqat yetkazib berish bilan shug`ullanayotgan shaxslardir. So`ngi vaqtlarda ular bilan bog`liq baxtsiz hodisalar ko`payib bormoqda. Bunday vaziyatlarda ularning huquqlari qanday himoya qilinishi, ish vaqtidagi jarohatlar, kompentatsiya to`lovlari masalasida qonunchilikda bo`shliq mavjud. Ushbu bo`shliqni yangi "platforma ishchilari" tushunchasini kiritish orqali hal qilish mumkin. bunda qo`shni Qozog`iston qolaversa, Yevropa davlatlari, hamda Yaponiya tajribasidan foydalanish mumkin.
Жамоавий мурожаат / ғоя ни амалга ошириш
Ushbu g`oyani amalga oshirishda quyidagicha yondashish mumkin.
Birinchi yondashuv Mehnat qonunchiligidagi "hodim" tushunchasining qamrovini kengaytirish.
Ikkinchi yondashuv aynan platforma ishchilarining faoliyatlariga tegishli yangi qonunchilik hujjatlarini ishlab chiqish