Ko'p beriladigan javoblar

– Ular qo‘llab-quvvatlanmagan deb hisoblanadi va “Mening fikrim” veb-portali arxiviga joylashtiriladi.

– Murojaat davlat tili va boshqa tillarda berilishi mumkin.

– Quyidagi masalalar murojaatning predmeti bo‘lishi mumkin emas va ular moderator tomonidan ko‘rib chiqilmaydi:

O‘zbekiston Respublikasining hududiy yaxlitligini o‘zgartirish to‘g‘risidagi; mavjud konstitutsiyaviy tuzumni zo‘rlik bilan o‘zgartirishga da’vatlar;

jamiyatning axloqiy qadriyatlariga putur yetkazadigan, fuqarolarning or-nomusi va qadr-qimmatini yoki ishchanlik obro‘sini poymol qiladigan;

urush, zo‘ravonlik, shafqatsizlikni targ‘ib qilish, elatlararo, irqiy, diniy adovat, ekstremizm, separatizm va fundamentalizmni qo‘zg‘atish to‘g‘risidagi;

terrorchilik harakatlarini sodir etishga, qonunga muvofiq jinoiy va o‘zga javobgarlikka sabab bo‘ladigan boshqa xatti-harakatlarni sodir etishga da’vat qilish to‘g‘risidagi;

giyohvand moddalar, psixotrop vositalar va prekursorlarni targ‘ib qilish to‘g‘risidagi; pornografik ruhdagi axborotni targ‘ib qilish to‘g‘risidagi;

reklama yo‘sinidagi ma’lumotlarni ilgari suradigan; davlat, tijorat siriga yoki qonun bilan qo‘riqlanadigan boshqa sirga ega bo‘lgan;

jamoat tartibini, aholi salomatligi va xavfsizligini ta’minlashga doir favqulodda va shoshilinch chora-tadbirlar to‘g‘risidagi; vakolatli davlat organi vakolatlariga kirmaydigan;

sud vakolatiga kiradigan; mansabdor shaxslarni tayinlash (saylash) va ozod qilish bilan bog‘liq bo‘lgan;

shaxsiy ehtiyoj yoki shikoyatdan iborat bo‘lgan; tuhmat yoki bo‘htondan iborat bo‘lgan; murojaat qilingan vaqtda shu mavzuda veb-portalda ovoz berish jarayoni boshlangan;

avval vakolatli davlat organlari tomonidan ko‘rib chiqilgan va bir yillik muddat tugamagan;

vakolatli davlat organiga aniq talablarni nazarda tutmaydigan;

O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalaridan kelib chiqadigan majburiyatlar bajarilishi to‘g‘risidagi.

– Vakolatli davlat organining murojaatni ko‘rib chiqishga bag‘ishlangan majlisiga murojaat tashabbuskorlari taklif etilishi mumkin.

– Murojaat ko‘rib chiqilayotganda murojaat tashabbuskorining roziligisiz uning shaxsiy hayoti haqidagi ma’lumotlar oshkor qilinishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Murojaat tashabbuskori to‘g‘risidagi, murojaatga taalluqli bo‘lmagan ma’lumotlarni aniqlashtirishga yo‘l qo‘yilmaydi. Murojaat tashabbuskorini, uning oila a’zolarini murojaat berilishi munosabati bilan ta’qib etish ta’qiqlanadi.

Umumiy ovoz berishi murojaat “Mening fikrim” veb-portalida e’lon qilingan kundan boshlab 90 kun davomida o‘tkaziladi.

×
Portal xaritasi