Ko'p beriladigan javoblar

– “Mening fikrim” veb-portali orqali belgilangan tartibda berilgan elektron murojaat

– Murojaat berilgan kunda o‘n sakkiz yoshga to‘lgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi

– Fuqarolik jamiyatini rivojlantirish va mustahkamlash, inson va fuqaro huquqlarini himoya qilish, fuqarolarning davlat boshqaruvidagi ishtirokini ta’minlash

– Murojaatlarni yo‘llash;
joylashtirilgan murojaatlar bilan tanishish;
joylashtirilgan murojaatlarga ovoz berish;
jamoaviy murojaatlarning holati va natijalari haqida ma’lumot olish.

18 yoshdan oshgan O‘zbekiston Respublikasining fuqarosi bo‘lish;

Internetdan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘lish;

www.id.egov.uz veb-saytida ro‘yxatdan o‘tish;

Vakolatli davlat organlariga taqdim etish uchun shakllantirilgan tashabbusga ega bo‘lish.

– Vakolatli davlat organiga murojaatni yaratish uchun fuqaro id.gov.uz veb-saytidan avtorizatsiyadan o‘tadi va murojaat matnini “Mening fikrim” veb-portaliga yo‘llaydi.

– Murojaat matni yuborilgach, “Mening fikrim” veb-portali moderatori murojaatni kamida 5 nafar shaxs qo‘llab-quvvatlashi uchun murojaat tashabbuskoriga maxsus havolani jo‘natadi.

Murojaat zarur miqdordagi shaxslar tomonidan qo‘llab-quvvatlangach, moderator tomonidan ushbu Nizomning 6, 8, 11-bandlarida belgilangan talablarga muvofiqlikligini tekshirish yuzasidan ekspertizaga qabul qilinadi.

Murojaat matni moderatorning ijobiy xulosasi olinmaguniga qadar “Mening fikrim” veb-portalida e’lon qilinmaydi.

Moderator o‘n besh kun ichida murojaatni ekspertizadan o‘tkazadi

– O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, xalqaro huquqning umum e’tirof etilgan prinsip va normalari, fuqarolarning qonuniy manfaatlari, huquq va erkinliklariga muvofiqligi;

Ushbu Nizomning 6, 8, 11-bandlarida belgilangan talablarga muvofiqlikligini;

Muammoning mavjudligi, muammoni hal qilish yechimlari mavjudligi va yechimlarning asoslanganligini tekshirishdan iborat.

– Shart emas, ovoz berishda faqat elektron pochta manzili yoki ijtimoiy tarmoqdagi akkauntini kiritish talab etiladi.

– Elektron jamoaviy murojaatlarni vakolatli davlat organlari sifatida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senati, Xalq deputatlari mahalliy Kengashlari ko‘rib chiqadi.

×
Portal xaritasi