Barlıq yoqlap berilgen dawıslar sanı
Toplanıwı lazım bolǵan dawıslar sanı: 5000
Андижон вилояти Мархамат тумани марказий чорраҳасидаги Мустақиллик ва Ипак йўли кўчалари кесишмасида пиёдалар учун замонавий ер усти йўл ўтказгичини қуриш ҳақида
- Baǵdar:Qáwipsizlik
- Sáne:2021-08-13 08:26:52
- Avtor:UMMATOV IZZATULLO BARATJON O‘G‘LI

Jámáátiy múrájat teksti
Бугунги кунда Мархамат тумани аҳоли зич жойлашган ҳудудлардан бирига айланиб бормоқда. Автотранспорт воситалари ҳаракатининг кўплиги, шаҳар марказида савдо мажмуаларининг зич жойлашганлиги, аҳолининг қулай пиёдалар йўлагига бўлган талабининг ортиб бораётганлигини инобатга олган ҳолда, туман марказидаги асосий чорраҳа атрофида пиёдалар учун замонавий ер усти йўл ўтказгичини қуриш зарур. Йилдан-йилга йўл транспорт ҳодисалари сони ошиб бораётганлиги сабабли мазкур масалага масъуллар ўз вақтида эътибор қаратиши зарур.
Jámáátiy múrájat / ideyanı ámelge asırıw
Юқоридагиларни инобатга олган ҳолда, Андижон вилояти Мархамат тумани марказий чорраҳасидаги Мустақиллик ва Ипак йўли кўчалари кесишмасида пиёдалар учун замонавий ер усти йўл ўтказгичи қурилишини таклиф этамиз.
Pikirler (9)
ABDUNAZAROV MUXRIDDIN FAXRIDDIN O‘G‘LI
Qanaqa yer usti yer osti shunchaki barcha yo'ldagi avtomobil transporti harakatini tartibga solinsin noto‘g‘ri parkovka qilingan avtomobillarni olsin tamom endi bira to‘la 15 metr balandga yoki pastga farzandlar yuk bolalar arava aravachasi bilan tushish qolgandi
28 Yanvar 2025, 22:52
G‘OFUROV ISLOMBEK BOTIRJON O‘G‘LI
Yer ustiga qurish xato:
1. Katta yoshlilarga va bolali ayollarga noqulaylik yaratadi.
2. Yer usti yo'l o'tkazish ko'priklarining sifati talabga javob bermaydi. Andijondagi(Xolisdi oldidagi) ko'prikga qaralsin: odamlar o'tganda silkinadi.
3. Ko'p joy egallaydi.
9 Yanvar 2022, 17:05
TURGUNBOYEV MAXMUDJON MAXAMADOVICH
Assalomu alaykum. Agar iloji bo'lsa yer osti yo'lini qurish kerak. Albatta xavfsizlikni inobatga olgan xolda. Agar ruxsat bo'lsa yer osti yo'lini ichiga ikki tarafiga 120 sm x 170 sm akfa xonalar qurilsa acsesuar va telefon remoti uchun . Bu kamida 10 nafar insonni ish bilan tamirlabgina qolmay . Ba'zi yer osti yo'llaridagidek axlatga to'lmaydi . Unga farrosh biriktirilib, tozalikni nazorat qiladi.
16 Noyabr 2021, 16:12
ABDUTOLIBOV JAHONGIR ANVARJON O‘G‘LI
Yaxshi fikr lekin yer osti oʻtish yoʻli qilgan yaxshiroq. Keyin sentirni toʻrtala tomonga ketgan yoʻlini birrinchi chorrahagacha rishotka bilan toʻsib mashina ham piyoda ham oʻtalmedigon qilish kerek. Bu piyodalar va mashinalarni duch kelgan joydan kesib oʻtmasligini va tartib saqlanishini kafolatlaydi.
4 Noyabr 2021, 14:28
XAKIMOV MUSLUMBEK ERKINJON O‘G‘LI
Yaxshi taklif ekan, lekin yes ustiga yoshi kottalar chiqib tushgani qiynaladi. Yes osti yo‘lagi qilish kere
3 Noyabr 2021, 16:27
Pikir qaldırıw
Pikir qaldırıw ushın id.egov.uz sisteması arqalı dizimnen ótiwińiz kerek
Jáne kórsetiw