Barcha yoqlab berilgan ovozlar soni
To'planishi lozim bo'lgan ovozlar soni: 10000
Аҳоли яшайдиган жойларда автомобиль йўлларини ёритиш ҳақида
- Yo'nalish:Savdo va uy-joy xo`jaligi
- Sana:2019-02-17 11:30:25
- Muallif:XALBAYEV SANJARBEK ALLABERGANOVICH

Jamoaviy murojaat matni
Республикамизда пиёдалар иштирокида кўплаб йўл транспорт ҳодисалари содир бўлаётганлигини эътиборга олган ҳолда республика аҳамиятидаги автомобиль йўлларининг аҳоли яшаш жойларидан ўтган қисмини ёритиш чораларини кўришни таклиф қиламан. Чунки республика аҳамиятидаги вилоятлараро автомобиль йўлларида транспорт воситаларининг ҳаракат тезлиги юқори бўлиб, бу пиёдаларга катта хавф туғдиради.
Jamoaviy murojaat / g'oya ni amalga oshirish
Ушбу таклифимизда билдирилган долзарб масалани Ўзбекистон Республикаси Транспорт вазирлиги, масъул давлат идоралари, маҳаллий ҳокимият органлари ҳамда ҳомийларни жалб этиш орқали ҳал этиш мақсадга мувофиқ.
Izohlar (5)
SATTAROV NIZOMIDDIN ISLOMIDDIN O‘G‘LI
Taklifni maqullayman. Quyoshdan quvvatlanuvchi va kechqurun yonuvchi yo'l chiroqlari o'rnatilsa, iqtisodimizga og'irligi tushmasdi va yo'l ishtirokchilarning xavfizligi ta'minlangan bo'lar edi.
11 Avgust 2019, 22:00
BADRIDINOV NAJMIDDIN TOXIR O‘G‘LI
Ushbu taklifni qo`llab quvvatlayman, bunda yo'llarimizning charag'onligi va insonlar xavfsizligi ta'minlanadi. Jiniyatlarning soni ham kamayadi deb o`ylayman
19 Iyul 2019, 20:10
MAXMUDOV ZUXRIDDIN BAHODIROVICH
Taklifni maqullayman.
13 Iyun 2019, 22:38
ABDULLAYEV AKMAL ALIMOVICH
Таклифингиз Автомобиль йуллар назорат инспекциясига тегишлик. Аммо булардан секинрок бирон ишни бажаришларини кутасиз. АФСУС шароит шундай
10 Iyun 2019, 22:48
XALTURAYEV SIRAJIDDIN XOLMAXMATOVICH
Ushbu taklifni qo`llab quvvatlayman, bunda yo'llarimizning charag'onligi va insonlar xavfsizligi ta'minlanadi. Ushbu ishni amalga oshrish uchun qancha moddiy va molyaviy mablag'lar lozimligini puxta hisoblash hamda moliyalashtirish manbalarini aniqlash lozim bo'ladi.
17 May 2019, 08:56
Izoh qoldirish
Izoh qoldirish uchun id.egov.uz tizimi orqali ro'yxatdan o'tishingiz lozim