Barcha yoqlab berilgan ovozlar soni
To'planishi lozim bo'lgan ovozlar soni: 10000
Фарзандларимизни миллий қадриятларимиз руҳида тарбиялай оладиган мультфильм ва кинофильмларни яратиш ҳақида
- Yo'nalish:Madaniyat va sport
- Sana:2022-01-06 17:13:38
- Muallif:NURPULATOV ZIYODULLA XAYRULLA O‘G‘LI

Jamoaviy murojaat matni
Бугунги кунда рўй бераётган глобаллашув жараёнида фарзандларимизда инсонийлик, шукроналик, сабр-қаноат каби фазилатларни шакллантирувчи мультфильм ва кинофильмларни кўпайтириш керак. Глобаллашув жараёни нафақат оммавий маданият, қолаверса, инсоний қадриятларни ҳам ўзида мужассам этади. Ҳозирги кунда аксарият телеканаллар орқали эфирга узатилаётган мультфильмлардаги айрим қаҳрамонлар ва уларнинг қилаётган ишлари, ўзаро мулоқотлари бизнинг миллий маънавиятимиз, анъана ва қадриятларимиз ҳамда улуғвор мақсадларимизга мутлақо мос келмайди. Шу сабабли, ёшларнинг дунёқарашига ижобий таъсир этувчи мультфильм ва кинофильмларни эфирга узатиш (Aqlvoy ва Bolajon телеканаллари орқали), миллий менталитетимиз ва асрий қадриятларимизга мос бўлган янги миллий фильмларни яратиш мақсадга мувофиқ.
Jamoaviy murojaat / g'oya ni amalga oshirish
Юқоридагиларни инобатга олган ҳолда, ёшларни миллий маданиятимиз ва қадриятларимиз руҳида тарбиялай оладиган мультфильм ва кинофильмларни яратишни таклиф қиламиз.
Izohlar (7)
RASULOV BEXNUR YUNUS O‘G‘LI
Bu fikr toʻgʻri boʻlishi mumkin. Lekin shuncha yildan beri kinosanoatga ajratilayotgan pullar oʻzini oqlamayabdi. Bu mavlagʻlar ham katta ehtimol bilan shunday boʻladi. Oʻrniga talim va tarbiyani kuchaytirsak, kutubxonalar qamrovini shakllantirsak bolalarimizning oʻzlari kerakmas multfilmlardan koʻra ilm olishga koʻproq vaqt sarflashadi..
30 May 2022, 18:55
JO‘RAYEV SHAROFIDDIN SHAVQIDDIN O‘G‘LI
Bu taklif e'tiborsiz qoldirilgani juda xavotirli, albatta tarbiya biz uchun juda muhim, ko'plab odamlarimiz ish izlab chet davlatlarga ketishi natijasida ota-ona tarbiyasidan bebahra avlod shakllandi, o'z fuqarolarini ish bilan ta'min etish imkoniyati bo'la turib har yili boshqa davlatlar uchun minglab qora ishchilar yetishtirib berayotgan hukumatimiz hech bo'lmasa ta'limni kuchaytirsa yaxshi bo'lardi.
5 May 2022, 12:34
QODIROV ABDURAIM ABDULATIB-O‘G‘LI
Бюджет пули тўғри сарфланиши тарафдориман. Болалар онгини ривожлантиришда мултьфилмлар таъсири бор албатта, лекин жамиятда қанчадан-қанча қорни оч ва ночор болалар бор, уларга сарфлангани маъқул.
5 May 2022, 01:14
JEBAYEV JASUR BOZOROVICH
Yaxshi. Fikr, Albatta bizga uzliginizni etiqodimizni tiklashimiz uchun ham shunaqangi multfilmlar zarur. Qullab quvvatlayman.
2 May 2022, 20:36
UMARQULOV ABDUSAMAD ABDUMUTAL O‘G‘LI
Yaxshi loyiha. Lekin davlat uchun bu qimmatga tushadi. Xususiy sektor vakillari esa bu narsani maqullashmaydi. Agar o'ylab ko'rilsa har bir viloyat markazidagi teatrlarda doimo turli tadbirlar namoyish etiladi. Ammo hech kimning u yerga tashrif buyurgisi kelmaydi.
29 Aprel 2022, 02:45
Izoh qoldirish
Izoh qoldirish uchun id.egov.uz tizimi orqali ro'yxatdan o'tishingiz lozim
Yana ko'rsatish