Ta’lim va tarbiya sohasi xodimlaridan bir guruhini O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan mukofotlash to‘g‘risida

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni

Mamlakatimizda ta’lim tizimida ham boshqa barcha sohalarda bo‘lgani kabi keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda. Ularning samarali natijalari va respublikamizning dunyoning ilg‘or davlatlari qatoridan munosib o‘rin egallashi, eng avvalo, fan va ta’limni rivojlantirish bilan bog‘liq.

Ertangi kunimizning hal qiluvchi kuchi sifatida zamonaviy bilimlarga va talab yuqori bo‘lgan kasblarga ega, xorijiy tillarni puxta o‘zlashtirgan, katta umidlar bilan hayotga dadil qadam qo‘yayotgan yoshlarni har tomonlama barkamol shaxslar etib tarbiyalashda o‘qituvchi va murabbiylarning xizmatlari beqiyosdir.

Ta’lim tizimini zamon talablari asosida takomillashtirish, ushbu sohadagi islohotlarni muvaffaqiyatli amalga oshirish, yosh avlodga fan asoslari va zamonaviy kasblarni o‘rgatish, ularni Vatanga muhabbat va mustaqillik g‘oyalariga sadoqat ruhida tarbiyalash borasidagi ko‘p yillik samarali mehnati, shuningdek, ijtimoiy hayotdagi faol ishtiroki uchun quyidagi faxriy unvonlar berilsin:

«O‘zbekiston Respublikasi xalq o‘qituvchisi»

  • Annakulova Nazokat Eshaliyevna — Surxondaryo viloyati Termiz shahridagi 6-sonli umumta’lim maktabining ona tili va adabiyoti fani o‘qituvchisi;

  • Mamadaliyev Abbos Mamasoliyevich — Namangan viloyati Namangan shahridagi 1-sonli ixtisoslashtirilgan umumta’lim maktab-internatining matematika fani o‘qituvchisi.

«O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan xalq ta’limi xodimi»

  • Karayeva Habiba Bebitovna — Buxoro viloyati Jondor tumanidagi 49-sonli ixtisoslashtirilgan umumta’lim maktabining kimyo fani o‘qituvchisi;

  • Xo‘jayeva Maxtuma Ziyatovna — Toshkent shahrining Uchtepa tumanidagi 287-sonli umumta’lim maktabining fizika fani o‘qituvchisi.

«O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi»

  • Rajabov Baxtiyor Sharipovich — Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti tabiiy fanlar kafedrasi professori;

  • Seydametova Tamara Sultamuratovna — Qoraqalpog‘iston Respublikasi Shumanay tumanidagi 33-sonli ixtisoslashtirilgan umumta’lim maktabi direktori;

  • Yuldasheva Gulchexraxon — Andijon viloyati Andijon tumanidagi «Gumbaz» mahalla fuqarolar yig‘ini raisi.

«O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sport ustozi»

  • Axmedjanov Alim Achilovich — Yengil atletika bo‘yicha Respublika oliy sport mahorati maktabining yengil atletika murabbiyi.

Mamlakatimizda ta’lim sohasini rivojlantirish, ilg‘or pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini o‘quv jarayoniga keng joriy etish, chuqur bilim va zamonaviy kasblarga ega malakali kadrlarni tayyorlash, mustaqil fikrlaydigan, iqtidorli, sog‘lom va barkamol yosh avlodni shakllantirish, uni vatanparvarlik, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalashga qo‘shgan munosib hissasi va katta xizmatlari uchun quyidagilar mukofotlansin:

«Fidokorona xizmatlari uchun» ordeni bilan

  • Aleuov Userbay — Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus davlat pedagogika instituti pedagogika kafedrasi professori;

  • Kurambayeva Maryam — Xorazm viloyati Xonqa tumanidagi 33-sonli umumta’lim maktabi direktori;

  • Mutalova Gulchexra Hamidovna — Toshkent viloyati Piskent tumanidagi 1-sonli umumta’lim maktabining ona tili va adabiyoti fani o‘qituvchisi;

  • Urmonov Jaloliddin Rustamovich — Farg‘ona viloyati Dang‘ara tumanidagi 2-sonli ixtisoslashtirilgan umumta’lim maktabining matematika fani o‘qituvchisi.

«Mehnat shuhrati» ordeni bilan

  • Abduazizova Zulfiya Xayrullayevna — Jizzax viloyati Yangiobod tumanidagi 7-sonli umumta’lim maktabining boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi;

  • Ashurov Nemat Abdujabbarovich — Samarqand viloyati Payariq tumanidagi 62-sonli umumta’lim maktabining fizika fani o‘qituvchisi;

  • Genzebayeva Gulparshin Shaudirbayevna — Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kegeyli tumanidagi 14-sonli maktabgacha ta’lim muassasasi tarbiyachisi;

  • Jumayeva Gulnora Bobokulovna — Buxoro viloyati Buxoro davlat universiteti huzuridagi Qorako‘l akademik litseyining matematika fani o‘qituvchisi;

  • Ismailov Tulavay Dustovich — Toshkent shahrining Olmazor tumanidagi 22-sonli umumta’lim maktabining biologiya fani o‘qituvchisi;

  • Kadirova Ravshanoy Ismailjanovna — Andijon viloyati Andijon shahridagi 14-sonli umumta’lim maktabining ingliz tili o‘qituvchisi;

  • Kodirov Dustqobil Turabayevich — mehnat faxriysi, Surxondaryo viloyati;

  • Madyarova Svetlana Aminovna — Toshkent davlat pedagogika universiteti umumiy pedagogika kafedrasi dotsenti;

  • Muminova Mahpratxon Tursunovna — Namangan viloyati Uychi tumanidagi 26-sonli umumta’lim maktabining matematika fani o‘qituvchisi;

  • Ruzmetov Kadamboy Ollaberganovich — Xorazm viloyati Qo‘shko‘pir tumanidagi 10-sonli bolalar musiqa va san’at maktabining afg‘on rubobi sinfi o‘qituvchisi;

  • Sa’dullayeva Nigora Xayriyevna — Navoiy viloyati Nurota tumanidagi 3-sonli umumta’lim maktabining kimyo fani o‘qituvchisi;

  • Turg‘unova Hamidaxon Pozilovna — Farg‘ona viloyati Farg‘ona tumanidagi 9-sonli umumta’lim maktabining ona tili va adabiyoti fani o‘qituvchisi;

  • Tursunova Kosima Mahkamovna — Toshkent viloyati Bo‘ka tumanidagi 15-sonli «Mehribonlik» uyining tarbiyachisi;

  • Uljaboyev Umurzaq — Sirdaryo viloyati Guliston davlat universiteti o‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi dotsenti;

  • Hamdamov O‘tkir Mirzokarimovich — Sirdaryo viloyati Shirin energetika va maishiy xizmat ko‘rsatish kasb-hunar kollejining maxsus fan o‘qituvchisi;

  • Ergasheva Aykumush Xushvaqtovna — Qashqadaryo viloyati Qarshi shahridagi 22-sonli umumta’lim maktabining ona tili va adabiyoti fani o‘qituvchisi.

«Sog‘lom avlod uchun» II darajali ordeni bilan

  • Berdieva Nigora Qurbonovna — Samarqand viloyati Jomboy tumanidagi 46-sonli umumta’lim maktabining boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi;

  • Gasparyan Svetlana Surenovna — Toshkent shahrining Yunusobod tumanidagi 246-sonli umumta’lim maktabi direktori;

  • Meliyev Hamidilla Abdullayevich — Jizzax davlat pedagogika instituti maktabgacha ta’lim metodikasi kafedrasi professori;

  • Rahimqulova Muqaddam Hakimovna — Qashqadaryo viloyati Qarshi shahridagi 46-sonli maktabgacha ta’lim muassasasi tarbiyachisi;

  • Son Svetlana Mixaylovna — Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi 1-sonli «Mehribonlik» uyi direktori;

  • Shaipov Rafik Mirxaydarovich — Gimnastika bo‘yicha Respublika oliy sport mahorati maktabining sport akrobatikasi bo‘yicha katta murabbiyi.

«Do‘stlik» ordeni bilan

  • Butayev Ismayil Azimovich — Qashqadaryo viloyati Dehqonobod tumanidagi 7-sonli umumta’lim maktabining fizika fani o‘qituvchisi;

  • Jumaniyozov Atabay — Xorazm viloyati Urganch davlat universiteti nemis va fransuz tillari kafedrasi professori;

  • Kucharov Sharafidin Turapovich — Surxondaryo viloyati Denov tumanidagi 54-sonli umumta’lim maktabining matematika fani o‘qituvchisi;

  • Kuchkarova Zamira Akramaliyevna — Sirdaryo viloyati Guliston tumanidagi 10-sonli maktabgacha ta’lim muassasasi tarbiyachisi;

  • Lyukshina Alevtina Nikolayevna — Toshkent shahrining Sergeli tumanidagi 7-sonli umumta’lim maktabining kimyo fani o‘qituvchisi;

  • Madreymova Ulpash Karinsauovna — Navoiy viloyati Tomdi tumanidagi 18-sonli umumta’lim maktabi direktori;

  • Muxitdinova Sanoatxon Kaxarovna — mehnat faxriysi, Namangan viloyati;

  • Otamuratov Shavkat Karimovich — Xorazm viloyati Bog‘ot tumanidagi 6-sonli umumta’lim maktabining biologiya fani o‘qituvchisi;

  • Rafiyeva Olima Abduraufovna — Buxoro viloyati Buxoro shahridagi 54-sonli maktabgacha ta’lim muassasasi mudirasi;

  • Ruziyeva Iroda Zubaydullayevna — Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on tumanidagi 1-sonli ixtisoslashtirilgan umumta’lim maktabining ingliz tili o‘qituvchisi;

  • Ten Svetlana Konstantinovna — Toshkent viloyati Yuqori Chirchiq tumanidagi 34-sonli umumta’lim maktabining rus tili va adabiyoti fani o‘qituvchisi;

  • Tuychiyeva Xolidaxon Ruziyevna — Andijon viloyati Qo‘rg‘ontepa tumanidagi «Muruvvat» nogiron bolalar internat uyining tarbiyachisi;

  • Umarxo‘jayev Muxtar Ishonxo‘jayevich — Andijon davlat universiteti nemis tili va adabiyoti kafedrasi mudiri;

  • Xojalepesova Gulistan Xoldasovna — Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi Ibrayim Yusupov nomidagi ixtisoslashtirilgan umumta’lim maktabining qoraqalpoq tili va adabiyoti fani o‘qituvchisi;

  • Xoshimova Mamlakat Muydinovna — Farg‘ona viloyati Qo‘qon davlat pedagogika instituti o‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi dotsenti;

  • Sharipova Rabiya Xizriyevna — Jizzax viloyati G‘allaorol tumanidagi 16-sonli umumta’lim maktabining boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi;

  • Yakubova Odinaxon Anvarovna — Farg‘ona viloyati Marg‘ilon pedagogika kolleji pedagogika fani o‘qituvchisi.

| 7 28.09.2018



×
Portal xaritasi