Mamlakatdagi "qizil," "sariq" va "yashil" hududlarning yangilangan ro‘yxati e’lon qilindi.

Respublika maxsus komissiyasining qarori bilan epidemiologik vaziyatni hisobga olgan holda respublika hududlari ro‘yxatiga tuzatishlar kiritildi.

Toshkent viloyati

«Yashil» zonaga quyidagilar kiradi: Olmaliq, Angren, Nurafshon va Ohangaron shaharlari, Ohangaron, Quyi Chirchiq va Bo‘ka tumanlari.

«Sariq» zonaga quyidagilar kiradi: Bekobod va Yangiyo‘l shaharlari, Oqqo‘rg‘on, Bo‘stonliq, Parkent, Chinoz va Yuqori Chirchiq tumanlari.

«Qizil» zonaga quyidagilar kiradi: Chirchiq shahri, Zangiota, Qibray, Piskent, Yangiyo‘l, Toshkent, O‘rta Chirchiq va Bekobod tumanlari.

Xorazm viloyati

«Yashil» zonaga quyidagilar kiradi: Xiva shahri, Tuproqqal’a, Bog‘ot, Qo‘shko‘pir, Yangiariq, Shovot, Yangibozor, Xiva va Gurlan tumanlari.

«Sariq» zonaga quyidagilar kiradi: Urganch va Xazorasp tumanlari.

«Qizil» zonaga quyidagilar kiradi: Urganch shahri va Xonqa tumani.

Surxondaryo viloyati

«Yashil» zonaga quyidagilar kiradi: Termiz shahri, Qiziriq, Bandixon, Oltinsoy va Sherobod tumanlari.

«Sariq» zonaga quyidagilar kiradi: Termiz va Sariosiyo tumanlari.

«Qizil» zonaga quyidagilar kiradi: Angor, Boysun, Denov, Jarqo‘rg‘on, Qumqo‘rg‘on, Muzrabot, Uzun va Sho‘rchi tumanlari.

Samarqand viloyati

«Yashil» zonaga quyidagilar kiradi: Oqdaryo, Ishtixon, Pastdarg‘om, Jomboy, Kattaqo‘rg‘on, Narpay, Qo‘shrabot, Nurobod, Bulung‘ur va Paxtachi tumanlari.

«Sariq» zonaga quyidagilar kiradi: Samarqand va Kattaqo‘rg‘on shaharlari, Toyloq, Samarqand va Payariq tumanlari.

«Qizil» zonaga Urgut tumani kiradi.

Sirdaryo viloyati

«Yashil» zonaga quyidagilar kiradi: Shirin, Yangiyer va Guliston shaharlari, Boyovut, Guliston, Sayxunobod, Sirdaryo, Mirzaobod, Oqoltin va Sardoba tumanlari.

«Qizil» zonaga Xovos tumani kiradi.

Namangan viloyati

«Yashil» zonaga quyidagilar kiradi: Mingbuloq, Norin, Chortoq va Uychi tumanlari.

«Qizil» zonaga quyidagilar kiradi: Namangan shahri, Kosonsoy, Namangan, Pop, To‘raqo‘rg‘on, Chust, Uchqo‘rg‘on va Yangiqo‘rg‘on tumanlari.

Navoiy viloyati

«Yashil» zonaga quyidagilar kiradi: Konimex, Karmana, Qiziltepa, Navbahor, Nurota, Tomdi, Xatirchi va Uchquduq tumanlari.

«Sariq» zonaga Navoiy shahri kiradi.

«Qizil» zonaga Zarafshon shahri kiradi.

Qashqadaryo viloyati

«Yashil» zonaga quyidagilar kiradi: Qarshi va Shahrisabz shaharlari, Dehqonobod, Qamashi, Qarshi, Koson, Kasbi, Mirishkor, Nishon, Shahrisabz, G‘uzor va Yakkabog‘ tumanlari.

«Qizil» zonaga quyidagilar kiradi: Muborak, Chiroqchi va Kitob tumanlari.

Buxoro viloyati

«Yashil» zonaga quyidagilar kiradi: Kogon va Buxoro shaharlari, Buxoro, Kogon, Qorovulbozor, Peshku, Romitan, Jondor, G‘ijduvon, Olot va Qorako‘l tumanlari.

«Qizil» zonaga quyidagilar kiradi: Vobkent, G‘ijduvon va Shofirkon tumanlari.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi

«Yashil» zonaga quyidagilar kiradi: Nukus shahri, Amudaryo, Beruniy, Qonliko‘l, Qorao‘zak, Kegeyli, Mo‘ynoq, Nukus, To‘rtko‘l, Taxtako‘pir, Chimboy, Shumanay, Ellikqal’a, Taxiatosh va Bo‘zatov tumanlari.

«Qizil» zonaga Qo‘ng‘irot va Xo‘jayli tumanlari kiradi.

Andijon, Jizzax va Farg‘ona viloyatlarining barcha tumanlari va shaharlari «yashil» zonada joylashgan.

Boshqa hududlarda o‘zgarishlar bo‘lmagan.

| 11 22.06.2020



×
Portal xaritasi