- «Mening fikrim» portalidagi ta’lim tizimi bilan bog‘liq murojaat kerakli ovozlarni to‘pladi. 12
- Mamlakatdagi "qizil," "sariq" va "yashil" hududlarning yangilangan ro‘yxati e’lon qilindi. 11
- O‘zbekiston Prezidenti BMT Bosh Assambleyasining 78-sessiyasida nutq so‘zladi. 11
- Meva-sabzavotchilik klasterlarini samarali tashkil etish bo‘yicha vazifalar belgilandi 10
- Yashirin iqtisodiyotni qisqartirish va korrupsiyaning oldini olish masalalari muhokama qilindi 10
«Mening fikrim» veb-portaliga fuqaro Nabiyev Ne’matulla Xamidullayevich tomonidan taqdim etilgan «Ta’lim tizimini to‘liq 5 kunlik o‘qish va ish tartibiga o‘tkazish haqida»gi 375-s-p/24-sonli elektron jamoaviy murojaat 2025-yil 28-martdan 3-aprelga qadar 10 mingdan ortiq ovoz to‘plashga erishdi.

Nizom talablariga muvofiq, 10 mingdan ortiq ovoz to‘plagan ushbu murojaat tegishli vakolatli davlat organi — Vazirlar Mahkamasiga yuborildi. «Mening fikrim» veb-portali orqali elektron jamoaviy murojaatlar berish va ularni ko‘rib chiqish tartibi to‘g‘risidagi Nizomning 35-bandiga muvofiq, tegishli vakolatli davlat organi murojaatni ko‘rib chiqib, asoslantirilgan qaror qabul qilishi belgilangan.
Murojaatni ko‘rib chiqish jarayoni boshlangan bo‘lib, uning natijasi bo‘yicha qabul qilingan qaror belgilangan tartibda «Mening fikrim» veb-portalida e’lon qilinadi.