- «Mening fikrim» portalidagi ta’lim tizimi bilan bog‘liq murojaat kerakli ovozlarni to‘pladi. 11
- Yashirin iqtisodiyotni qisqartirish va korrupsiyaning oldini olish masalalari muhokama qilindi 10
- O‘zbekiston Prezidenti BMT Bosh Assambleyasining 78-sessiyasida nutq so‘zladi. 10
- Mamlakatdagi "qizil," "sariq" va "yashil" hududlarning yangilangan ro‘yxati e’lon qilindi. 10
- Meva-sabzavotchilik klasterlarini samarali tashkil etish bo‘yicha vazifalar belgilandi 10
2020-yil 4-fevral kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasining majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda deputatlar mamlakat ijtimoiy-siyosiy hayotini yaxshilashga qaratilgan bir qator qonun loyihalarini ko‘rib chiqdilar.
Xususan, parlament quyi palatasi muhokamasiga kiritilgan “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi yuzasidan qizg‘in muhokamalar bo‘lib o‘tdi.
Ta’kidlanganidek, mamlakatda tadbirkorlik faoliyatini yuritishni soddalashtirish va rag‘batlantirish maqsadida bir qator tartib-taomillar tanqidiy qayta ko‘rib chiqildi, zamonaviy talablarga javob bermaydigan eskirgan byurokratik to‘siq va g‘ovlar bartaraf etildi. Amalga oshirilgan chora-tadbirlar natijasida ishbilarmonlik muhiti yaxshilandi, respublikada tadbirkorlik subyektlari va xususiy investorlar uchun keng imkoniyatlar yaratildi.
Biznes muhitini yanada yaxshilash, mamlakatda boshlangan tadbirkorlikka yanada ko‘proq erkinlik berish islohotlarini davom ettirish, shuningdek, qabul qilingan qonunchilik hujjatlarining joylarda to‘g‘ri qo‘llanilishini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 20-noyabrdagi “Mamlakatda biznes muhitini yanada yaxshilash va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.
Mazkur qonun loyihasi ushbu qaror ijrosini ta’minlash maqsadida ishlab chiqilgan. Hujjat sud tizimida bir qator islohotlarni amalga oshirishga, inson omili aralashuvini bartaraf etishga xizmat qiladi.
Xususan, sud raisining ishlarni taqsimlash bilan bog‘liq vakolatlarini chiqarib tashlashni nazarda tutuvchi o‘zgartishlar kiritilmoqda. Bunda ishlarni sudyalar o‘rtasida taqsimlashning faqat avtomatlashtirilgan tizimi joriy etiladi. Bu orqali bugungi kun talablariga javob bermaydigan eskirgan byurokratik to‘siq va g‘ovlar bekor qilinadi.
Muhokamalar davomida taklif etilayotgan ushbu va boshqa o‘zgartishlar sud-huquq tizimini yanada rivojlantirish, tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishni soddalashtirish va uni rag‘batlantirishga xizmat qilishi ta’kidlandi.
Qonun loyihasi deputatlar tomonidan birinchi o‘qishda konseptual jihatdan ma’qullandi.