Klasterlar faoliyatini rivojlantirish masalalari muhokama qilindi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 4-fevral kuni qishloq xo‘jaligida klasterlarni yanada rivojlantirish masalalari bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi.

Mamlakatimizda agrar sohani isloh qilish, sohaga bozor mexanizmlari va zamonaviy texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha izchil chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Xususan, klaster tizimi yo‘lga qo‘yildi, ekin maydonlari zamonaviy talablarni hisobga olgan holda diversifikatsiya qilindi. Natijada qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilarining samaradorligi va daromadlari oshib bormoqda. Mahalliy mahsulotlarning 80 dan ortiq turi dunyoning 66 ta mamlakatiga eksport qilinmoqda.

Davlat rahbarining 2019-yil 23-oktabrdagi Farmoni bilan O‘zbekiston qishloq xo‘jaligini 2020–2030-yillarda rivojlantirish strategiyasi qabul qilindi. Unga muvofiq, yuqori qo‘shilgan qiymatga ega mahsulotlar ishlab chiqarish maqsadida meva-sabzavot klasterlari tashkil etilmoqda. Buning uchun barcha tashkiliy-huquqiy asoslar Prezidentning 2019-yil 11-dekabrdagi tegishli qarorida belgilangan. O‘tgan qisqa vaqt ichida hokimliklar tomonidan shunday 86 ta klasterni tashkil etish bo‘yicha takliflar shakllantirildi.

Yig‘ilishda klasterlarning rejalashtirilgan quvvatlari, eksport salohiyati va jalb qilinadigan investitsiyalar hajmi haqida ma’lumot berildi.

Ta’kidlanganidek, klasterlar tomonidan mahsulotlarni qayta ishlash, saqlash va quritishni tashkil etish bo‘yicha umumiy quvvati 430 ming tonnani tashkil etadigan 96 ta loyihani amalga oshirish ko‘zda tutilgan. Shuningdek, 6 ming gektar maydonda intensiv bog‘lar va qariyb 8 ming gektarda uzumzorlar barpo etish loyihalari ishlab chiqilgan. Joriy yil uchun 410 million dollarlik mahsulot eksport qilish rejalashtirilgan.

Qishloq xo‘jaligi vazirligiga klasterlar faoliyatini tashkil etish, xorijiy ekspertlar xulosalari asosida ekinlarni samarali joylashtirish, zarur urug‘ va ko‘chatlarni oldindan tayyorlash, Moliya vazirligiga esa klasterlarni aylanma mablag‘lar bilan ta’minlash bo‘yicha topshiriqlar berildi.

“ O‘zbekozikovqatholding” kompaniyasiga yangi bozorlarni izlash va mahsulotlar eksporti masalalarida klasterlarga doimiy amaliy ko‘mak ko‘rsatish zarurligi ta’kidlandi.

Yig‘ilishda paxtachilik klasterlari faoliyatini takomillashtirish, paxta va g‘alla yetishtirish bo‘yicha davlat buyurtmasini bosqichma-bosqich bekor qilish masalalari ham muhokama qilindi.

Davlat rahbari bu haqda joriy yil 24-yanvar kuni Oliy Majlisga yo‘llagan Murojaatnomasida so‘z yuritgan edi. “Biz paxta va g‘allani xarid qilishda bozor tamoyillariga asoslangan tizimga bosqichma-bosqich o‘tamiz va ushbu mahsulotlarni yetishtirish bo‘yicha davlat buyurtmasi amaliyotini bekor qilamiz. Agar bu yo‘ldan bormasak, fermer va dehqonlarimiz mahsulotni erkin yetishtira olmaydi va kutilgan daromadni ololmaydi, hokimlarning ishlash usullari esa avvalgidek qoladi”, degan edi Shavkat Mirziyoyev.

Bu davlatning sohaga aralashuvini keskin qisqartirish bilan birga, hokimlarning reja ortidan quvishi va majburiy mehnatga jalb etish holatlariga barham beradi.

Klaster tizimi bozor tamoyillariga o‘tishning muhim omili hisoblanadi. Bugungi kunga qadar O‘zbekistonda 73 ta paxta-to‘qimachilik klasteri tashkil etilgan bo‘lib, o‘tgan yili ular yetishtirilgan paxta hosilining 73 foizini qamrab olgan. Ushbu yangi tuzilmalarda o‘rtacha hosildorlik klasterlarga kirmagan yerlardagiga nisbatan 4,1 sentnerga yuqori bo‘lgan, qo‘shimcha ravishda 428 ming tonna paxta tayyorlangan.

Yig‘ilishda klasterlarning huquqiy maqomini belgilash, ularni tanlashning shaffof mexanizmlarini joriy etish hamda fermerlar bilan o‘zaro munosabatlarini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha vazifalar belgilandi.

Tashkiliy ishlar, jumladan, 27 ta klasterga paxta yetishtirish uchun ular ishlov berishga qodir bo‘lganidan ortiq yer ajratilgani, 500 ming tonna paxta tolasini tayyorlash quvvatiga ega ayrim boshqa klasterlarga esa yetarli maydonlar ajratilmagani keskin tanqid qilindi.

Prezident klasterlarni shakllantirishda xomashyoni chuqur qayta ishlashning rejalashtirilgan darajasi va investitsiyalar hajmi, shuningdek, fermerlar bilan hisob-kitob qilish uchun mablag‘larning yetarliligi asosiy mezonlar bo‘lishi kerakligini ta’kidladi.

Klasterlar qamrab olmagan paxta maydonlarida fermerlar ishtirokida kooperatsiyalar tashkil etilishi ta’kidlandi. Paxta tozalash zavodlari kooperatsiyalarni tashkil etish uchun fermerlarga topshiriladi, qo‘shilgan qiymatdan olinadigan daromad esa kooperatsiya a’zolari bo‘lgan fermerlar o‘rtasida taqsimlanadi.

Qishloq xo‘jaligi va Adliya vazirliklariga klasterlar hamda fermerlarning vazifalarini aniq belgilash, ularning faoliyatini tartibga solish mexanizmlarini ishlab chiqish topshirildi.

Paxta tayyorlashni moliyalashtirishning amaldagi tizimi klasterlarga to‘liq mos kelmasligi qayd etildi. Shu munosabat bilan klasterlar va fermerlarni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash tizimini takomillashtirish topshirildi.

Joriy yilda va kelgusida davlat buyurtmasini bekor qilish, 2023-yilgacha ekinlarni majburiy joylashtirish tartibidan bosqichma-bosqich voz kechish bo‘yicha amalga oshiriladigan chora-tadbirlar batafsil ko‘rib chiqildi.

Yig‘ilishda muhokama qilingan masalalar yuzasidan mas’ul shaxslarning axborotlari tinglandi.

Qaraqalpaq tilinde

Bul mámlekettiń tarawǵa aralasıwın keskin qısqartıw menen birge, hákimlerdiń reja izinen quwıwına hám májbúriy miynetke tartıw jaǵdaylarına shekem qoyadı.

Klaster sisteması bazar principlerine ótiwdiń áhmiyetli faktorı bolıp esaplanadı. Házirge shekem Ózbekstanda 73 paxta-toqımashılıq klasteri dúzildi, ótken jılı olardıń úlesine jetistirilgen paxta óniminiń 73 procenti tuwrı keldi. Bul jańa dúzilmelerdegi ortasha ónimdarlıq klasterge kirmеген jerlerge salıstırǵanda 4,1 centnerge joqarı bolǵan, qosımsha túrde 428 mıń tonna paxta tayarlanǵan.

Keńeste klasterlerdiń huqıqıy statusın belgilew, olardı tańlawdıń ashıq mexanizmlerin engiziw, fermerler menen óz-ara qatnasıqlardı jolǵa qoyıw boyınsha wazıypalar belgilendi.

Shólkemlestiriw jumısları, sonıń ishinde 27 klasterge paxta tayarlaw ushın olardıń islew imkaniyatınan artıq jer ajıratılǵanı, al 500 mıń tonna paxta talshıǵın tayarlaw quwatına iye ayırım basqa klasterlerge jetkilikli maydan ajıratılmaǵanı keskin sınǵa alındı.

Prezident klasterlerdi qáliplestiriwde shiyki zatı tereń qayta islewdiń rejelestirilgen dárejesi hám investiciya kólemi, sonday-aq fermerler menen esap-kitap islew ushın qarjınıń jetkilikliligi tiykarǵı ólshemler bolıwı kerek ekenin atap ótti.

Klasterler qamtımaǵan paxta maydanlarında fermerler qatnasında kooperaciyalar dúziletuǵını aytıldı. Paxta tazalaw zavodları kooperaciyalardı shólkemlestiriw ushın fermerlerge beriledi, qosımsha qunnan alınatuǵın dáramat bolsa kooperaciya aǵzaları bolǵan fermerler arasında bólistiriledi.

Awıl xojalıǵı hám Ádillik ministrliklerine klasterler menen fermerlerdiń wazıypaların anıq belgilew, olardıń iskerligin tártipke salıw mexanizmlerin islep shıǵıw tapsırıldı.

Paxta tayarlawdı qarjılandırıwdıń házirgi sisteması klasterler ushın tolıq qollanıwǵa sáykes kelmeytuǵını atap ótilди. Usıǵan baylanıslı klasterler hám fermerlerdi finanslıq qollap-quwatlaw sistemasın jetilistiriw tapsırıldı.

Usı jılı hám keleshekte mámleketlik buyırtpanı biykar etiw, 2023-jılǵa shekem eginlerdi májbúriy jaylastırıw tártipinen basqıshpa-basqısh bas tartıw boyınsha ámelge asırılatuǵın ilajlar tolıq qarap shıǵıldı.

Keńeste talqılanǵan máseleler boyınsha juwapker shaxslardıń maǵlıwmatları tıńlandı.

| 6 05.02.2020



×
Portal xaritasi