- «Mening fikrim» portalidagi ta’lim tizimi bilan bog‘liq murojaat kerakli ovozlarni to‘pladi. 12
- Mamlakatdagi "qizil," "sariq" va "yashil" hududlarning yangilangan ro‘yxati e’lon qilindi. 11
- O‘zbekiston Prezidenti BMT Bosh Assambleyasining 78-sessiyasida nutq so‘zladi. 11
- Meva-sabzavotchilik klasterlarini samarali tashkil etish bo‘yicha vazifalar belgilandi 10
- Yashirin iqtisodiyotni qisqartirish va korrupsiyaning oldini olish masalalari muhokama qilindi 10
Muzokaralar yakunida Prezidentlar Shavkat Mirziyoyev va Rejep Tayyip Erdog‘an Strategik hamkorlik kengashining birinchi yig‘ilishi yakunlari to‘g‘risidagi qo‘shma bayonotni imzoladilar. Savdo, iqtisodiyot, texnologiyalar sohalarida hamkorlikka doir qator hujjatlar imzolandi.

Ommaviy axborot vositalari vakillari uchun o‘tkazilgan brifingda Rejep Tayyip Erdog‘an O‘zbekiston Prezidentining tashrifidan mamnun ekanini ta’kidladi.
- Biz Imom Buxoriy, Imom Moturidiy, Ali Qushchi, Alisher Navoiy kabi buyuk allomalarni tarbiyalab voyaga yetkazgan, o‘z bilimi, ijodi bilan dunyoga ezgulik ulashgan yurt delegatsiyasining tashrifini yuksak qadrlaymiz. Biz O‘zbekiston bilan mustahkam qardoshlik rishtalariga asoslangan munosabatlarimiz strategik sheriklik darajasiga ko‘tarilganini yuksak qadrlaymiz, - dedi Turkiya Prezidenti.
Prezident Shavkat Mirziyoyev oliy darajadagi O‘zbekiston-Turkiya strategik hamkorlik kengashining birinchi yig‘ilishi xalqlarimiz o‘rtasidagi do‘stona munosabatlar tarixida yangi sahifa ochgani, unda siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, transport, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi hamkorlikka oid keng ko‘lamli masalalar atroflicha muhokama qilinganini ta’kidladi.
– Muloqotimizning markaziy mavzularidan biri qo‘shma loyihalarni amalga oshirish bo‘ldi. Turkiyaning yetakchi kompaniyalari bilan birgalikda qiymati bir milliard dollardan ziyod yangi loyihalar ishlab chiqilmoqda, – dedi Shavkat Mirziyoyev.
Tomonlar Birlashgan Millatlar Tashkiloti, Islom hamkorlik tashkiloti va Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashi doirasidagi masalalarni ham qamrab olgan holda, aksariyat mintaqaviy va xalqaro muammolar yuzasidan qarashlari o‘xshash ekanini tasdiqladilar. Zamonaviy tahdid va xatarlarga qarshi kurashish sohasidagi hamkorlikni kuchaytirish zarurligi ta’kidlandi.
Ma’rifatli islomni targ‘ib qilish, madaniyat, fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash va sport sohalarida qo‘shma tadbirlar o‘tkazish muhimligi qayd etildi.
– An’anaviy do‘stligimizni, bugungi kunda qardosh xalqlarimizning farovonligi, tinchligi va osoyishta hayoti manfaatlari yo‘lida rivojlanib borayotgan keng qamrovli va istiqbolli hamkorligimizni yangi bosqichga olib chiqish uchun barcha imkoniyatlarni ishga solishga tayyormiz. Muzokaralarimiz yakunida imzolangan Qo‘shma bayonotda aynan shu tamoyillar o‘z aksini topdi, – deya ta’kidladi davlatimiz rahbari.
Rajab Toyyib Erdo‘g‘on O‘zbekiston Prezidentining tashrifidan mamnun ekanini bildirdi va muzokaralar natijalaridan qoniqish hosil qilganini ta’kidladi.
Shavkat Mirziyoyevning Turkiyaga tashrifi davom etmoqda.