O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat, Jinoyat-protsessual kodekslariga hamda O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida

O‘zbekiston Respublikasining qonuni

Qonunchilik palatasi tomonidan 2020-yil 23-martda qabul qilingan

Senat tomonidan 2020-yil 24-martda ma’qullangan

O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat, Jinoyat-protsessual kodekslariga va O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida

1-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrdagi 2012–XII-son Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi Axborotnomasi, 1995-y., 1-son, 3-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Axborotnomasi, 1996-y., 9-son, 144-modda; 1997-y., 2-son, 56-modda, 9-son, 241-modda; 1998-y., 5–6-sonlar, 102-modda, 9-son, 181-modda; 1999-y., 1-son, 20-modda, 5-son, 124-modda, 9-son, 229-modda; 2000-y., 5–6-sonlar, 153-modda; 2001-y., 1–2-sonlar, 23-modda, 9–10-sonlar, 165-modda; 2002-y., 9-son, 165-modda; 2003-y., 1-son, 8-modda, 9–10-sonlar, 149-modda; 2004-y., 1–2-sonlar, 18-modda, 9-son, 171-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-y., 9-son, 314-modda, 12-son, 417, 418-moddalar; 2006-y., 6-son, 261-modda, 12-son, 656-modda; 2007-y., 4-son, 158, 166-moddalar, 6-son, 248-modda, 9-son, 416, 422-moddalar, 12-son, 607-modda; 2008-y., 4-son, 187, 188, 189-moddalar, 7-son, 352-modda, 9-son, 485, 487, 488-moddalar, 12-son, 640, 641-moddalar; 2009-y., 1-son, 1-modda, 4-son, 128-modda, 9-son, 329, 334, 335, 337-moddalar, 12-son, 470-modda; 2010-y., 5-son, 176, 179-moddalar, 9-son, 341-modda, 12-son, 471, 477-moddalar; 2011-y., 1-son, 1-modda; 2012-y., 4-son, 108-modda, 9/1-son, 242-modda, 12-son, 336-modda; 2013-y., 4-son, 98-modda, 10-son, 263-modda; 2014-y., 1-son, 2-modda, 5-son, 130-modda, 9-son, 244-modda, 12-son, 343-modda; 2015-y., 6-son, 228-modda, 8-son, 310, 312-moddalar, 12-son, 452-modda; 2016-y., 4-son, 125-modda, 9-son, 276-modda, 12-son, 383, 385-moddalar; 2017-y., 3-son, 47-modda, 6-son, 300-modda, 9-son, 506, 510-moddalar; 2018-y., 1-son, 4-modda, 4-son, 218, 224-moddalar, 7-son, 430-modda, 10-son, 679-modda; 2019-y., 1-son, 3, 5-moddalar, 3-son, 161-modda, 5-son, 259, 267, 268-moddalar, 7-son, 386-modda, 8-son, 471-modda, 9-son, 592-modda, 11-son, 787-modda, 12-son, 880-modda) quyidagi qo‘shimcha va o‘zgartish kiritilsin:

1) quyidagi mazmundagi 244⁵-modda bilan to‘ldirilsin:

«244⁵-modda. Karantin va inson uchun xavfli bo‘lgan boshqa infeksiyalar tarqalishi haqida haqiqatga to‘g‘ri kelmaydigan ma’lumotlarni tarqatish

Karantin va inson uchun xavfli bo‘lgan boshqa infeksiyalar yuzaga kelishi va tarqalishi sharoitida ularning tarqalishi haqida haqiqatga to‘g‘ri kelmaydigan ma’lumotlarni tarqatish —

bazaviy hisoblash miqdorining ikki yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.

Ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan ma’lumotlarni bosma yoki boshqa usulda ko‘paytirilgan matnda yoxud ommaviy axborot vositalarida, shuningdek, butunjahon Internet axborot tarmog‘ida tarqatish —

bazaviy hisoblash miqdorining ikki yuz baravaridan to‘rt yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz soatdan uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki uch yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi»;

2) 257¹-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:

«Sanitariya to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini yoki epidemiyalarga qarshi kurashish qoidalarini buzish, shu jumladan karantin va inson uchun xavfli bo‘lgan boshqa infeksiyalar yuzaga kelishi va tarqalishi sharoitida uzrli sabablarsiz tibbiy ko‘rikdan o‘tish, davolanish, karantinda bo‘lish uchun belgilangan joylarga yetib borish va belgilangan muddat davomida ushbu joylarni tark etmaslik, kasallikni yuqtirib olish xavfi mavjud bo‘lgan davrda o‘zi muloqotda bo‘lgan shaxslar va tashrif buyurgan joylar haqidagi ma’lumotlarni oshkor qilish, shuningdek, davlat sanitariya nazorati organlarining boshqa qonuniy talablarini bajarmaslik, odamlarning ommaviy kasallanishi yoki zaharlanishi uchun real xavf tug‘dirgan yoxud odamlarning ommaviy kasallanishi yoki zaharlanishiga olib kelgan bo‘lsa, —

bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki besh yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoxud ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoxud besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

O‘sha qilmish odam o‘limiga sabab bo‘lsa, —

ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud besh yildan yetti yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

O‘sha qilmish odamlar o‘limiga sabab bo‘lsa, —

yetti yildan o‘n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi».

2-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrdagi 2013–XII-son Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksi 381²-moddasi birinchi qismining 1-bandi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi Axborotnomasi, 1995-y., 2-son, 5-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Axborotnomasi, 1995-y., 12-son, 269-modda; 1997-y., 2-son, 56-modda, 9-son, 241-modda; 1998-y., 5–6-sonlar, 102-modda, 9-son, 181-modda; 1999-y., 1-son, 20-modda, 5-son, 124-modda, 9-son, 229-modда; 2000-y., 5–6-sonlar, 153-modda, 7–8-sonlar, 217-modda; 2001-y., 1–2-sonlar, 11, 23-moddalar, 9–10-sonlar, 165, 182-moddalar; 2002-y., 9-son, 165-modda; 2003-y., 5-son, 67-modda; 2004-y., 1–2-sonlar, 18-modda, 9-son, 171-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-y., 12-son, 418-modda; 2006-y., 6-son, 261-modda; 2007-y., 4-son, 166-modda, 6-son, 248, 249-moddalar, 9-son, 422-modda, 12-son, 594, 595, 607-moddalar; 2008-y., 4-son, 177, 187-moddalar, 9-son, 482, 484, 487-moddalar, 12-son, 636, 641-moddalar; 2009-y., 1-son, 1-modda, 4-son, 136-modda, 9-son, 335-modda, 12-son, 469, 470-moddalar; 2010-y., 6-son, 231-modda, 9-son, 334, 336, 337, 342-moddalar, 12-son, 477-modda; 2011-y., 4-son, 103, 104-moddalar, 9-son, 252-modda, 12/2-son, 363-modda; 2012-y., 1-son, 3-modda, 9/2-son, 244-modda, 12-son, 336-modda; 2014-y., 9-son, 244-modda; 2015-y., 8-son, 310, 312-moddalar, 12-son, 452-modda; 2016-y., 4-son, 125-modda, 9-son, 276-modda, 12-son, 385-modda; 2017-y., 3-son, 47-modda, 6-son, 300-modda, 9-son, 506, 510-moddalar, 10-son, 605-modda; 2018-y., 1-son, 1, 5-moddalar, 4-son, 218, 224-moddalar, 7-son, 430, 431-moddalar, 10-son, 679-modda; 2019-y., 1-son, 3, 5-moddalar, 2-son, 47-modda, 3-son, 161-modda, 5-son, 259, 267-moddalar, 7-son, 386-modda, 8-son, 469-modda, 9-son, 589, 592-moddalar, 10-son, 671-modda, 11-son, 787, 791-moddalar, 12-son, 880, 881, 891-moddalar) «244⁴-modda (bojxona to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzish bilan bog‘liq jinoyatlar bundan mustasno)» degan so‘zlardan keyin «244⁵-modda» degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin.

3-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrdagi 2015–XII-son Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi Axborotnomasi, 1995-y., 3-son, 6-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Axborotnomasi, 1995-y., 9-son, 193-modda, 12-son, 269-modda; 1996-y., 5–6-sonlar, 69-modda, 9-son, 144-modda; 1997-y., 2-son, 56-modda, 4–5-sonlar, 126-modda, 9-son, 241-modда; 1998-y., 3-son, 38-modda, 5–6-sonlar, 102-modda, 9-son, 181-modда; 1999-y., 1-son, 20-modda, 5-son, 124-modda, 9-son, 229-modda; 2000-y., 5–6-sonlar, 153-modda, 7–8-sonlar, 217-modda; 2001-y., 1–2-sonlar, 23-modda, 9–10-sonlar, 165, 182-moddalar; 2002-y., 1-son, 20-modda, 9-son, 165-modda; 2003-y., 1-son, 8-modda, 5-son, 67-modda, 9–10-sonlar, 149-modda; 2004-y., 1–2-sonlar, 18-modda, 5-son, 90-modda, 9-son, 171-modda; 2005-y., 1-son, 18-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-y., 9-son, 312-modda, 12-son, 413, 417, 418-moddalar; 2006-y., 6-son, 261-modda, 9-son, 498-modda, 10-son, 536-modda, 12-son, 656, 659-moddalar; 2007-y., 4-son, 158, 159, 164, 165-moddalar, 9-son, 416, 421-moddalar, 12-son, 596, 604, 607-moddalar; 2008-y., 4-son, 181, 189, 192-moddalar, 9-son, 486, 488-moddalar, 12-son, 640, 641-moddalar; 2009-y., 1-son, 1-modda, 9-son, 334, 335, 337-moddalar, 10-son, 380-modda, 12-son, 462, 468, 470, 472, 474-moddalar; 2010-y., 5-son, 175, 179-moddalar, 6-son, 231-modda, 9-son, 335, 339, 341-moddalar, 10-son, 380-modda, 12-son, 468, 473, 474-moddalar; 2011-y., 1-son, 1-modda, 4-son, 104, 105-moddalar, 9-son, 247, 252-moddalar, 12/2-son, 365-modda; 2012-y., 4-son, 108-modda, 9/1-son, 242-modda, 12-son, 336-modda; 2013-y., 4-son, 98-modda, 10-son, 263-modda; 2014-y., 1-son, 2-modda, 5-son, 130-modda, 9-son, 244-modda, 12-son, 341, 343-moddalar; 2015-y., 6-son, 228-modda, 8-son, 310, 312-moddalar, 12-son, 452-modda; 2016-y., 1-son, 2-modda, 4-son, 125-modda, 9-son, 276-modda, 12-son, 383, 385-moddalar; 2017-y., 4-son, 137-modda, 6-son, 300-modda, 9-son, 510-modda, 10-son, 605-modda; 2018-y., 1-son, 1, 4, 5-moddalar, 4-son, 224-modda, 7-son, 430, 431, 432-moddalar, 10-son, 671, 673, 679-moddalar; 2019-y., 1-son, 1, 3, 5-moddalar, 2-son, 47-modda, 3-son, 161, 165, 166-moddalar, 5-son, 259, 261, 267, 268-moddalar, 7-son, 386-modda, 8-son, 469, 471-moddalar, 9-son, 591, 592-moddalar, 10-son, 674, 676-moddalar, 11-son, 787, 791-moddalar, 12-son, 880, 891-moddalar; 2020-y., 1-son, 4-modda) quyidagi o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilsin:

1) III bobning nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

«III BOB. MA’MURIY JAZO VA MAJBURIY CHORA»;

2) quyidagi mazmundagi 292-modda bilan to‘ldirilsin:

«292-modda. Karantin va inson uchun xavfli bo‘lgan boshqa infeksiyalar yuzaga kelishi va tarqalishi sharoitida majburiy tibbiy yo‘sindagi chorani qo‘llash

Karantin va inson uchun xavfli bo‘lgan boshqa infeksiyalar yuzaga kelishi va tarqalishi sharoitida epidemiyalarga qarshi kurashish qoidalarini buzish bilan bog‘liq huquqbuzarlikni sodir etgan shaxsga nisbatan tegishli tibbiy asoslar mavjud bo‘lgan taqdirda, davlat sanitariya nazorati organlari tomonidan davolanish yoki karantinda saqlash tarzidagi majburiy tibbiy yo‘sindagi chora qo‘llanilishi mumkin.

Majburiy tibbiy yo‘sindagi chora o‘ttiz sutkagacha muddatga ma’muriy jazo tayinlash bilan birga qo‘llaniladi hamda davlat sanitariya nazorati organlari tomonidan belgilangan joylarda ijro etiladi.

Majburiy tibbiy yo‘sindagi choraning ijro etilishi O‘zbekiston Respublikasi davlat sanitariya nazorati organlari, ichki ishlar organlari va Milliy gvardiya tomonidan ta’minlanadi»;

3) 54-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:

«Karantin va inson uchun xavfli bo‘lgan boshqa infeksiyalar yuzaga kelishi va tarqalishi sharoitida vakolatli organning maxsus talablariga zid ravishda jamoat joylarida niqobsiz bo‘lish —

bazaviy hisoblash miqdorining besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

Karantin va inson uchun xavfli bo‘lgan boshqa infeksiyalar yuzaga kelishi yoki tarqalishining oldini olish maqsadida belgilangan majburiy qoidalarni buzish, shu jumladan karantin va inson uchun xavfli bo‘lgan boshqa infeksiyalar yuzaga kelishi va tarqalishi sharoitida davolash muassasasining ichki tartib-qoidalariga rioya etmaslik hamda uzrli sabablarsiz tibbiy ko‘rikdan o‘tish va davolanish, karantinda bo‘lish uchun belgilangan joylarga yetib borish va belgilangan muddat davomida ushbu joylarni tark etmaslik, kasallikni yuqtirib olish xavfi mavjud bo‘lgan davrda o‘zi muloqotda bo‘lgan shaxslar va tashrif buyurgan joylar haqidagi ma’lumotlarni oshkor qilish, shuningdek, davlat sanitariya nazorati organlarining boshqa qonuniy talablarini bajarmaslik —

fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining yigirma baravaridan o‘ttiz baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — o‘ttiz baravaridan ellik baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi»;

4) 257-modda ikkinchi qismining ikkinchi – to‘rtinchi xatboshilari quyidagi tahrirda bayon etilsin:

«O‘zbekiston Respublikasi Bosh davlat sanitariya vrachi va uning o‘rinbosari;

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati boshqarmalari boshliqlari va ularning o‘rinbosarlari;

davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati boshqarmalarining tuman (shahar) filiallari mudirlari»;

5) 287-moddada:

1-banddagi «519» raqamidan keyin «54» raqami bilan to‘ldirilsin;

9-banddagi «61» raqami «54, 61» raqamlari bilan almashtirilsin;

6) 288-moddaning uchinchi qismidagi «56» raqami «54, 56» raqamlari bilan almashtirilsin.

4-modda. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga:

hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirish;

davlat boshqaruvi organlari tomonidan ushbu Qonunga zid bo‘lgan normativ-huquqiy hujjatlarni qayta ko‘rib chiqish va bekor qilishni ta’minlash;

ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda uning mazmun-mohiyati aholi o‘rtasida tushuntirilishini ta’minlash vazifalari yuklatilsin.

5-modda. Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Sh. MIRZIYOYEV

Toshkent shahri,

2020-yil 26-mart.

O‘RQ-613-son

| 9 24.03.2020



×
Portal xaritasi