“Чилонзор” метро бекати устида ер усти йўл ўтказгичини қуриш ҳақида
Жамоавий мурожаат матни
Бугунги кунда пойтахтимиз йўлларида автоуловлар жуда ҳам серқатнов. Сутканинг ҳар қандай соатида қатновлар деярли узилмайди. Бундай йўлларда транспорт воситалари ва аввало пиёдалар хавфсизлигини таъминлаш бирмунча мураккаб. Шаҳримиздаги “Чилонзор” метро бекати устида жойлашган кўприкнинг икки ён тарафидан пиёдалар ўтиш йўлакларида автомобиль қатновнинг зичлиги ҳамда пиёдалар сонининг кўплиги турли йўл-транспорт ҳодисалари содир бўлишига олиб келаяпти. Ушбу туманда яшовчи аҳоли, хорижий мамлакатлардан ҳамда вилоятлардан келган меҳмонлар ва таълим муассасалари талабалари, ўқувчилари ва ёшлар ҳар куни ушбу йўлларни кесиб ўтишга мажбур. Ушбу чорраҳада пиёдалар иштирокидаги ЙТҲ сонининг йилдан-йилга ошиб бораётганлиги мазкур масалага масъулларнинг ўз вақтида эътибор қаратиши зарурлигини ҳам кўрсатмоқда.
Жамоавий мурожаат / ғоя ни амалга ошириш
Шуларни инобатга олган ҳолда “Чилонзор” метро бекати устида жойлашган кўприкнинг икки ён тарафидан пиёдалар учун ер усти йўл ўтказгичлари (“Новза” метро бекати устидаги сингари) қуришни таклиф этаман. Ушбу ғояни амалга ошириш учун Халқ депутатлари Тошкент шаҳар Кенгаши масалани масъул ташкилотлар билан биргаликда кўриб чиқиши ва ижобий ҳал этиши зарур. Ушбу кўприкларнинг фойдаланишга топширилиши натижасида минглаб пиёдалар учун хавфсиз ҳаракатланиш имконияти яратиларди.
11615
Изоҳлар (8)
ILXOMOV MIRJAMOL MIRNOSIR O‘G‘LI
Agar bu yerda piyodalar harakatlanishi uchun yer osti o'tish yo'li (tunel) qurilsa yaxshiroq bo’lardi. Masalan, Siz Abdulla Qodiriy va Sebzor ko'chalari kesishgan chorrahaning "Profi" go'zallik saloni oldidan "Abdulla Qodiriy" bog'i tomonga o'tishingiz uchun avval tunelga tushib NBU tomondan chiqishingiz va u yerdan ko'prikka chiqib "Abdulla Qodiriy" bog'i tomonga tushishingiz kerak bo'ladi, agarda bu yerga ko'prik o'rniga Abdulla Qodiriy ko'chasi ostidan tunellar qurib, Sebzor ko'chasi ostidan o'tgan tunellarga ulab yuborilganida hozirgi holatga nisbatan ancha qulay bo'lardi . To'g'ri bu yerda faqat bir tarafga harakatlanuvchi eskalatorlar bor, u ham bo'lsa har doim ishlamaydi. Shuningdek, Novza va Mirzo Ulug'bek metro bekatlari chorrahasida ham shu kabi muammolar mavjud (bu yerda xatto eskalator ham yo'q).
10 Май 2019, 10:45
ILXOMOV MIRJAMOL MIRNOSIR O‘G‘LI
Bu yerda piyodalar harakatlanishi uchun yer osti o'tish yo'li (tunel) qurish maqsadga muvofiq bo'lar edi. Chunki u yerda yo'lning ikka tarafida piyodalar harakatlanishi uchun yer osti o'tish yo'li (tunel) mavjud, shuning uchun Chilonzor metro bekati chorrahasining Kichik xalqa yo'li ko'chasi ostidan piyodalar harakatlanishi uchun yer osti o'tish yo'li (tunel) qurib, hozirda mavjud bo'lgan Bunyodkor ko'chasi ostidagi ikkita Chilonzor metro bekatiga kirish/chiqish yer osti o'tish yo'li (tunel)ga ulab yuborish piyodalarning nafaqat parallel tomonga balki ushbu chorrahaning diagonal tomonlariga harakatlanishi uchun juda qulay bo'lar edi, bu ayniqsa yoshi katta insonlarning ortiqcha ikki martda ko'p zina poyalarga chiqib tushishlarini oldini oladi.
10 Май 2019, 10:43
ABDULLAYEVA DILBAR UBAYDULLAYEVNA
Assalomu alaykum qadrli faollar! Ushbu taklifni kiritgan O'zbekiston yoshlar ittifoqining Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetidagi Boshlang'ich Tashkiloti Yoshlar-yetakchisi Sunnatilla Ismoilxonovga Pedagogika va psixologiya fakulteti jamoasi nomidan minnatdorchilik bildiramiz! Barchadan faol bo'lishingizni, so'rovnomada ishtirok etishingizni so'raymiz. Zero, bu qanchadan-qancha baxtsiz xodisalarni oldi olinishiga sababchi bo'lamiz. Hammaga minnatdorchilik bildirib Nizomiy nomidagi TDPU Pedagogika va psixologiya fakulteti Yoshlar bilan ishlash bo'yicha dekan o'rinbosari Abdullayeva Dilbar Ubaydullayevna.
2 Май 2019, 19:51
UBAYDULLAYEV NURIDDIN TOXIR O‘G‘LI
Juda kerakli taklif! Bu aholining hamda talaba-yoshlarning havfsizligi uchun zarur! Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining barcha talaba-yoshlari va professor-o'qituvchilari ushbu taklifni qo'llab-quvvatlamoqda. Ammo ovoz berish uchun ro'yxatdan o'tish jarayoni murakkab bo'lganligi sababli ko'pchilik ovoz bera olmayabdi. Shu bois ovoz berishda Telegram messenjirini hamda Facebook ijtimoiy tarmoqlarini ham qo'shish kerak deb o'ylayman. Shunda ovoz berish jarayoni ancha onsonlashgan bo'lardi. Bu esa barcha axoliga qulaylik tug'dirar edi. Hurmat ila Pedagogika va psixologiya fakulteti Yoshlar ittifoqi yetakchisi Nuriddin Ubaydullayev.
2 Май 2019, 13:34
HAMZAYEV TUXTAMUROT XXX
To'g'ri taklif berilibku, lekin bu bilan piyodalarni xavfsizligini 100% ta'minlay olarkanmizmi, negaki ko'p ko'rganmiz shunday piyodalar o'tish joylari bo'lib turib undan o'tishga piyodalar erinib, yana yo'lni kesib o'tish holatlarini doim ko'rganmiz. To'g'rimi??? Avvalo piyodalarni ongini o'zgartirish kerakmasmikan!!!
30 Апрель 2019, 11:41

Изоҳ қолдириш

Изоҳ қолдириш учун id.gov.uz тизими орқали рўйхатдан ўтишингиз лозим
Created with Highcharts 5.0.4

Барча овозлар сони

Жамоавий мурожаатга овоз бериш учун: 43 кун қолди

Жамоавий мурожаатга овоз бериш

  • Кўриб чиқиш жараёнида
Жамоавий мурожаатни улашиш
×
Портал харитаси
Эшитиш учун матнни белгиланг ва ушбу тугмани босинг