Created with Highcharts 5.0.4

Барча ёқлаб берилган овозлар сони

  • Кўриб чиқиш жараёнида
Жамоавий мурожаатни улашиш
Таълим тизимини тўлиқ 5 кунлик ўқиш ва иш режимига ўтказиш.
  • Йўналиш:Меҳнат
  • Сана:2024-10-23 10:51:10
  • Муаллиф:NABIYEV NEMATULLA XAMIDULLAYEVICH
Жамоавий мурожаат матни
Ассалому алейкум! Менинг таклифим қуйидагича: Умумий ўрта таълим мактабларида барча ўқувчиларни 5 кунлик таълим олиш дастурига ўтказиш. Педагог ходимларга ҳам 5 кунлик иш тизимига ўтказилса мақсадга мувофиқ бўлар эди. Устозлар ҳам бемалол ҳафтасига 2 кун дам олса, иш унуми ва сифати ошади деб ўйлайман. Олдиндан ташаккур!!!
Жамоавий мурожаат / ғоя ни амалга ошириш
193634
Изоҳлар (880)
QURBONOV SOBIRJON G‘APPOROVICH
Yildan-yilga ta'lim berish sifati tushib borayotgan o'rta ta'lim va OTMlar uchun yaxshi yangilik bo'lishi mumkin, balkim shunda maktab o'qituvchilari va OTM o'qituvchi professorlarda o'zlari va oila a'zolariga ko'proq vaqt ajratib shu bilan birga o'z ishiga bo'lgan mehri yanada oshishi mumkin. Albatta ota-onalar ham bolalari maktabga ilm olishlari uchun borishlari kerakligini unutmasliklari kerak. Tarbiyani esa uyida olishlari kerak uyida yo'q tarbiyani maktabdan izlash noto'g'ri.
4 Декабрь 2025, 16:51
SHEROV QUVONDIQ POLVONNAZAROVICH
maktablarda o'qishni 5 kunlikka o'tkazish yaxshi, lekin masalaning yana bir tomoni bor. bu maktablarning moddiy-texnik bazasi bilan bog'liq. aholi sonining keskin oshib bormoqda, maktablardagi joylar soni esa cheklangan. shu sababli maktablarda darslar 2 ta smenada tashkil qilinadi. bunday sharoitda shanba kuni ham darslarni o'tishga to'g'ri keladi. shularni inobatga olib, maktablarda o'qishni 5 kunga tushirish qiyinchilik tug'dirishi mumkin.
21 Ноябрь 2025, 14:06
KARIMOV XUDOBERDI IKROMJON-O‘G‘LI
Yaxshi boʻlardi
16 Ноябрь 2025, 00:43
JUMAYEV YO‘LCHI TOSHPO‘LATOVICH
JUDA TOGRI FIKR NAYINKI TALIM BALKI BOSHQA SOXALARNI XAM 5KUNLIK ISH REJIMIGA OTQAZISH KERAK. YAXSHI DAM MEXNATGA XAMDAM DEB BEJIZ AYTILMAGAN
10 Ноябрь 2025, 17:42
PULATOV FARRUX MANSUR O‘G‘LI
Яхши фикр!
7 Ноябрь 2025, 23:27

Изоҳ қолдириш

Изоҳ қолдириш учун id.egov.uz тизими орқали рўйхатдан ўтишингиз лозим
×
Портал харитаси